Mirjalol Qosimov: "Javob o'yinida vaziyatni o'nglaymiz"

Narzulla Saydullayev
15 may 2013, 11:21
“Buriram Yunayted” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savollariga toshkentliklar bosh murabbiyi javob qaytardi.
- Qiziqarli uchrashuv guvohi bo'ldik. Qiyin ob-havo sharoitida shogirdlarim raqibga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Afsuski qayd etilgan hisob o'yinga mos bo'lmadi. O'zimiz yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda, hozir tamomila boshqa hisob haqida fikr bildirayotgan bo'lardik. “Sen urmasang, senga urishadi!” iborasi bugun yana bir karra amalda isbotlandi. Biroq qayd etilgan hisob qo'rqinchli emas. Javob o'yiniga kerakli xulosalar qabul qilgan holda tayyorlanamiz. Uyda vaziyatda o'nglaymiz, - deydi Mirjalol Qo'shoqovich.
 
- “Bunyodkor” avvalgi uchrashuvlarda qiziqarli va ishonchli o'yin ko'rsatayotgandi. Jamoangiz Tailandda yaxshi o'ynay olmaganligining sababi nimada?

- Ob-havo muammolar tug'dirdi. Bosib o'tilgan olis yo'ldan keyin hamma futbolchi ham qayta tiklana olmadi. Buriramga yetib kelguncha yo'lda bir sutkadan ko'proq vaqt o'tkazdik.
 
- “Bunyodkor” joriy yilgi musobaqadagi birinchi mag'lubiyatini aynan “Buriram Yunayted”dan qabul qilib oldi. Buni qanday izohlaysiz?

- Futbol – xatolarni kechirmaydi! Vaziyatlarda aniq o'ynay olmay, nazoratni qo'ldan chiqardik. Bundan esa raqib unumli foydalandi. “Buriram Yunayted”ning standart vaziyatlari o'ta xavfli ekanligi haqida futbolchilarimizga etarlicha ko'rsatmalar bergandik. Afsuski, tailandliklar jarima zarbalaridan foydalanib qolishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif