Mirjalol Qosimov va Temur Kapadze ishtirok etgan anjumanda oxirgi savolni berish kaminaga nasib qildi. Shunda o'rnimdan turib, anchadan beri o'ylab yurganimni savol tariqasida terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qo'shoqovichga berdim:
“Mirjalol aka, agar savolim og'ir botsa oldindan uzr so'rayman. Ko'rdingizmi-yo'qmi, “Million” guruhi oxirgi ikkita koncertida sizni taqlid qilib chiqdi. Shuningdek, Iordaniya bilan o'yin kuni stadionda bazi muxlislarning egnida “Bolada ayb yo'q” yozuvi tushirilgan futbolkalarni ko'rdik. Bu kabi narsalar sizning nafsoniyatingizga tegadimi yoki unchalik e'tibor bermaysizmi?”
O'z navbatida Mirjalol Qosimov mazkur savolga quyidagicha javob qaytardi:
“Imkon qadar bunday narsalarga e'tibor bermaslikka harakat qilaman. Qolaversa, xalqimizda bir gap bor: elning og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Shunday ekan, men “Million” guruhining taqlidini to'g'ri qabul qilaman, chunki odamlarni kuldirish ularning ishi".
"Yaqinda bir tadbirda o'sha guruh yigitlari bilan ko'rishib qoldik va ular mendan kechirim so'rashdi. Shuni aytishim mumkin, futbolda nima ish qilayotgan bo'lsam, hech qachon uyalmaganman. Qolaversa, sening ortingdan gapirishyaptimi, demak sen ulardan bir qadam oldindasan degan gapga amal qilaman".
"Men bu kabi holatlardan bir qadam yuqorida bo'lishga harakat qilaman. Balki, ish faoliyatim jarayonida qayerdadir xatoga yo'l qo'yayotgan, nimanidir o'xshata olmayotgan bo'lishim mumkin, lekin har doim o'z ishimni sidqidildan bajarishga intilganman. Qiziqchilar esa kimlarni taqlid qilmaydi deysiz. Kuldirish ularning tirikchiligi, ular ham oilasini boqishi kerak”.
Xayrulla Xoliqov.