Kecha asosiy tantana o'tkazilgan bo'lsa, bugun shahar va qishloqlarimizda bayram shukuhi davom ettiriladi. Biz esa, kun davomida taniqli futbolchilarimiz, murabbiylarning bayram tabriklarini e'tiboringizga havola etib boramiz. Bayram muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!
Mirjalol Qosimov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi: - Menga berilgan imkoniyatdan foydalanib, hamyurtlarimizni, futbol ishqibozlarini eng ulug' va aziz bayram Mustaqilligimizning 23 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Istiqlol bizga juda ko'p nematlarni berdi. Bunga shukrona keltirishimiz kerak.
Birinchi navbatda o'zligimizni angladik. Ochig'i, bugungi yoshlarga havas qilaman. Sport, xususan futbol sohasida oladigan bo'lsak, yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buning qadriga yetish kerak.
Umid qilamanki, 4 va 8 sentyabr kunlari o'tkaziladigan o'yinlarda ajoyib g'alabamiz bilan bu bayramga o'z xissamizni qo'shamiz. Iordaniya va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvlarda muxlislar uchun ajoyib futbol oqshomini tuhfa etamiz. Hozirda bor e'tiborni shu ikki o'yinga qaratganmiz. Shu uchrashuvlar orqali Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning asosiy va hal qiluvchi qismini yakunlaymiz. 2 sentyabr kuni yig'inga taklif etilgan barcha legionerlar terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi. Hozircha o'zimizning mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazib turamiz.
Kamoliddin ALIMOV yozib oldi