Mirsodiqov ketgach "Metallurg"ni 6 nafar futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2018, 18:48
Bekobodning "Metallurg" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikn davom ettirmoqda.

Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Jasur Ahmedov, Doniyor Odilov yangi yil bayramiga qadar klub bilan xayrlashishgandi. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Ikkinchi yig'in vaqtida himoyachi Mirg'iyos Sulaymonov hamda Murodjon Toshmatov ham boshqa klubda o'ynashni ixtiyor etishdi. Aniqrog'i bu ikkala o'yinchi ham Osiyo chempionlar ligasida to'p tepish istagini amalga oshirish uchun Qarshining “Nasaf” jamoasidan tushgan taklifni qabul qilishdi va “ajdarlar” safida xorij yig'iniga jo'nab ketishdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia