Miroslav Kloze murabbiylik licenziyasiga ega bo'ldi

Eldor Akmurzayev
5 may 2021
Germaniya TJ sobiq forvardi Miroslav Kloze Germaniya futbol ittifoqi qoshida tashkil etilgan murabbiylik kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Kloze licenziyaga ega bo'ldi va endi mustaqil tarzda murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin. U hozirda “Bavariya”da yordamchi murabbiy sifatida ishlamoqda.

Eslatib o'tamiz, 42 yoshli sobiq hujumchi 2016 yil butsasini mixga ilgan. U Germaniya termasi safida 137 o'yinda maydonga tushib, 71 ta gol urgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru