Mirjalol Qosimov "Jarohatlarning ko'pligi – chempionatdagi raqobatning kuchliligiga isbot"

Administrator
1 noya 2023, 21:17
OKMK hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 24-tur o'yinidan (2:1) so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida fikr bildirdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun ikki jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Muhimi g'alaba qozondik va kerakli uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Turon" bugun yaxshi o'yin namoyish etdi.

- Oldinda "Sepaxon"ga qarshi mehmondagi o'yin kutib turibdi. Jarohatlangan futbolchilar safardagi uchrashuvga borishadimi?

- Jarohatidan forig' bo'lmagan futbolchilar davolanishi kerak. Jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar safarga yo'l olishadi. Hozirgi kunda yoshlarni ham tarkibga jalb etyapmiz. Jarohatlarning ko'pligi – chempionatdagi raqobatning kuchliligiga isbot. Ushbu muammolardan to'g'ri xulosa chiqaramiz.

- O'zbekiston kubogi finaliga chiqqani sabab OKMK keyingi mavsum Osiyo chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Finalga qanday tayyorgarlik ko'rilyapti?

- Oldindan bir nima demayman. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Keyingi uchrashuvimiz "Sepaxon"ga qarshi va Erondagi uchrashuvni yaxshi o'tkazib olishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia