Miranchuk jarohati sabab qancha muddatni o'tkazib yuborishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
5 sen 2020, 19:25
Yaqinda “Atalanta” a'zosiga aylangan Aleksey Miranchuk mavsum startini o'tkazib yuboradi.

“Tuttosport” manbasiga ko'ra, rossiyalik forvardning mushaklari lat egan va shu sabab uning “Atalanta”dagi debyuti oktyabrga qoladigan bo'ldi.

Miranchuk jarohatini RPL 4-turi doirasida o'tgan “Lokomotiv” – “Spartak” (1:2) bahsida orttirib olgandi. O'shanda shifokorlar futbolchining son orqa qismidagi muskullari shikastlanganini aniqlashgan.

Bergamoliklar Italiya chempionati yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 26 sentyabr kuni “Torino”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttosport