Miralem Pyanich: "O'yinlar hakamlar tufayli boy berilmaydi. Bu shunchaki bahona"

1 noya 2019, 20:12
"Yuventus" hujumchisi Miralem Pyanich hakamliklarga bildiriladigan shikoyatlar haqida gapirdi.

"O'yinlar hakamlar tufayli boy berilmaydi. Bu shunchaki bahona. Mag'lubiyatdan keyin maydonni juda asabiy tark etayotganingizda, hakamlarga aytadigan ko'plab so'zlaringiz bo'ladi. Lekin kimdirni ayblashdan oson yo'li yo'q. Hakamlar ham xuddi biz kabi xatolar qilib turishadi. Hozirgi kunda VAR tizimi odamlarga ham, hakamlarga ham yordam bermoqda. Hozir men izoh va fikrlarga umuman e'tibor qaratmayapman", – deydi Pyanich.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net