Miralem Pyanich: "Barselona" bir umr yuragimda qoladi"

Mirjalol Normatov
8 sen 2022
Yarim himoyachi Miralem Pyanich "Barselona"dan kyetishi haqida gapirdi.

"Shak-shubxasiz, bu shaharni, uning jamoasini, odamlarini yuragimda saqlayman. "Barselona" meni tarkibiga chorlaganida barcha orzularim ushalgandi.

Albatta, barcha muxlislar boshqacharoq holatni kutishgandi, hatto men ham. Biroq men uchun "Barselona" libosini kiyish haqiqiy faxr tuyg'usini bergandi", - dedi yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, bugun futbolchining transferi "Sharja" tomonidan e'lon qilindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal