Mirabror Usmonov "Navbahor" klubi vakillari bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 16:07
Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov "Navbahor" klubi vakillari bilan uchrashdi.
Bu haqda "Navbahor" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Mirabror Usmonov dastlab "Navbahor" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan muloqot qildi. Bundan biroz vaqt oldin esa Mirabror Usmonov "Navbahor" jamoasining bir guruh muxlislari bilan uchrashdi. MOQ va O'FF prezidenti bilan o'tgan uchrashuv "Navbahor" klubi a'zolari va muxlislari kayfiyatini ko'tardi.

Mirabror Usmonov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlar tafsiloti bilan saytimiz orqali keyinroq tanishishingiz mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia