Miodrag Radulovich: "Saudiya Arabistoni - Osiyo Kubogi favoriti"

Xayrulla Xoliqov
30 avg 2018, 14:22
O'z vaqtida "Paxtakor" futbol klubida ishlagan Miodrag Radulovich jurnalistlarga intervyu berdi.

Ma'lumki, hozirda ushbu murabbiy Livan terma jamoasini boshqarmoqda. Yaqinda undan OAV xodimlari intervyu olishdi hamda suhbat mobaynida Radulovich Osiyo Kubogiga oid fikrlarini bildirdi.

- "Men jahon chempionatida Saudiya Arabistoni terma jamoasini diqqat bilan kuzatdim. Chunki ular Osiyo Kubogida biz bilan bir guruhda kurash olib boradi. Garchi Saudiya JCHda guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, o'yindan o'yinga o'sib bordi deya olaman. Biz uchun Osiyo Kubogida bu jamoaga qarshi kurashish juda qiyin bo'ladi".

- "Shuni aytishim mumkin, Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogida favorit bo'ladi. Biz qiyin guruhdan joy olganmiz. Guruhimizda shuningdek, Qatar bilan KXDR ham bor va ular bilan bellashish oson bo'lmaydi. Osiyo Kubogi - nufuzli musobaqa, bu yerda ko'p jamoalar g'olib chiqishni istaydi. Livan termasi BAAga turist sifatida bormaydi, mana ko'rasizlar, biz ham qo'ldan kelgancha harakat qilamiz", - deydi Miodrag Radulovich.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com