Miodrag Radulovich: Qozog'iston futboli O'zbekistondan kuchliroq!

Narzulla Saydullayev
19 noya 2013, 13:20
Qozog'istonning Atirau klubida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Miodrag Radulovich o'z vaqtida Paxtakorda ishlab ketganidan xabaringiz bor.
Qozog'istonning sports.kz sayti muxbiri Radulovichdan intervyu oldi. Ushbu intervyuning O'zbekistonga taaluqli joyini havola qilamiz.

- Qozog'iston va O'zbekiston chempionatlarini taqqoslay olasizmi?
- Men O'zbekistonda ishlagan vaqtda, Qozog'iston ligasi saviyasi u qadar yuqori emas edi, hozir esa Qozog'iston Premer-ligasi qo'shni chempionatga yetib oldi va hatto undan oshib ketdi. Bunga 100 foiz ishonchim komil. Qarag'andaning Shaxter klubining evrokuboklardagi muvvafqiyatidan so'ng Qozog'iston boshini baland ko'tarib oldinga borishi mumkin. Qozog'iston futboli "qanotlarini yoyib" omadga qarab uchmoqda. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz