

"Bizdan talab qilinadigan ishni bajarishimiz lozim, yani "Uembli"dagi kurashga tayyor bo'lish. "Manchester Siti" - yaxshi jamoa va u yerda sifatli futbolchilar ko'p. Agar biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatsak ulardan qo'rqmasak ham bo'ladi. Final bahsida "Liverpul" qiyin vazifani uddalashi kerak" - deydi Minole.
Turnirning final uchrashuvi 28 fevralga belgilangan. O'yin "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.



