Mino Rayolaning ahvoli yomonlashdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022
Futbol olamidagi mashhur agentlardan biri Mino Rayolaning sog'lig'idagi holat yomonlashdi.

Rayola o'tgan hafta boshida shoshilinch tarzda Milandagi "San-Rafaelo" klinikasida jarrohlik stoliga yotgandi. O'shanda unga nima bo'lganini sir tutishgandi.

Xabarlarga qaraganda, Minoning operaciya qilingan joyida muammolar yuzaga kelgan va jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Hozircha uning holati borasida ma'lumotlar berilganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal