Mino Rayola: "Galliani davrida Ibragimovich "Milan"da bo'lardi"
Tolibjon Qosimov
20 iyun 2017, 19:41
Agent Mino Rayola "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi tugagan Zlatan Ibragimovich faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Ibrada hammasi joyida va AQSHdan juda ko'p takliflar bo'lmoqda. Italiya? U "Napoli"ga aniq o'tmaydi, "Milan" esa u haqida mendan so'ramadi. Galliani davrida u o'sha yerda bo'lgan bo'lardi", - dedi Rayola.