Mino Rayola: “Oltin to'p”ni Ibragimovich va Maksvellga berish kerak”

4 okt 2013, 10:24
“PSJ” klubi futbolchilari Zlatan Ibragimovich va Maksvellning agenti Mino Rayola, uning mijozlari “Oltin to'p”ga loyiq ekanliklarini ta'kidlab o'tadi.

“Ikkita “Oltin to'p” taqdim etish kerak: - biri Ibragimovichga bo'lsa, ikkinchisi – Maksvellga. Maksvell – jahonning eng kuchli chap qanot himoyachisi. U faoliyatini “PSJ”da yakunlab, Parijda yashab qolmoqchi”, - deydi Rayola.

Ta'kidlab o'tamiz, Ibragimovich va Maksvell dan tashqari Blez Matyuidi va Gregori van der Villar ham Rayolaning mijozlari hisoblanishadi.


Manba: sports.ru