Milner yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 12:35
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli angliyalik futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi, biroq mersisaydliklar rahbariyati hozirgacha Milner bilan yangi bitim borasida muzokaralarni boshlashmadi.

Milner 2015 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum yarim himoyachi APLning 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail