Milner "Siti" bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2022, 08:40
"Liverpul" futbolchisi Jeyms Milner "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Yigitlarga gap yo'q. Ularning bazilari balki ko'p o'ynamagandir, ammo ularning darajasini har kuni mashg'ulotlarda ko'rish mumkin. 

Bu alohida futbolchilar guruhi va o'ziga xos klubdir. Biz oxirigacha kurashamiz va oldinga borishda davom etamiz. Biz qilishimiz mumkin bo'lgan ish uzoqqa borish. Bu barchaning tayyor ekanligini ko'rsatadi. 

So'nggi turda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu biz qilishimiz mumkin bo'lgan ish.

Yanvar oyida ortda qolayotganimizda, bizda "perezagruzka" bo'ldi. Bizda qattiq tiklanish bo'ldi.

"Siti" - aqlbovar qilmas raqib. Nima bo'lishidan qati nazar, o'zimiz bilan faxrlanamiz. Qo'limizdan keladigan yagona ish, o'z o'yinimizda g'alaba qozonishdir. 

Bu dam olish kunlaridan keyingi qiyin o'yin bo'ldi. Umid qilamanki, biz yana ikkita katta o'yinni o'tkaza olamiz", - dedi yarim himoyachi Milner. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC