"Milluoll" futbolchisi almashtirilgach, raqib jamoa zaxira o'rindig'i tomon yo'l oldi

Omonjon To`xtamirzayev
9 avg 2023, 13:11
Chempionship 1-tur doirasidagi "Midlsbro" va "Milluoll" o'rtasidagi o'yinda ajoyib voqea yuz berdi.

Ikkinchi bo'limda, mehmonlar hujumchisi Dankan Uotmor zaxiraga olindi. Yanvar oyida hali "Midlsbro" sharafini himoya qilgan futbolchi sobiq jamoasi o'rindig'iga qarab harakatlandi. Bir necha qadamdan keyin u vaziyatni angladi va o'zining hozirgi jamoasi zaxira o'rindig'iga bordi. Dankanning sobiq va hozirgi jamoadoshlari bu vaziyatni yuzlarida tabassum bilan qarshi olishdi.

Ushbu vaziyatning VIDEOsini telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia