

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Eldor Moyliev ("Lochin")
"Lochin" yakunlangan turda safarda “BuxDU”dan yirik hisobda ustun keldi (6:2). Uchrashuvda mehmonlar yorqin o'yin ko'rsatib, munosib ravishda yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Bunda jamoa ustozi Eldor Moylievning o'rni katta. Shu tariqa, aynan Moyliev tur murabbiyi deb topildi.

Tur futbolchisi - Bahodir Halilov (“Lochin”)
“Lochin”ning safarda “BuxDU”ni mag'lub etishida Bahodir Halilovning hissasi katta bo'ldi. U raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Halilov sayt talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Tur darvozaboni - Shohruh Eshbo'taev (“Sho'rtan”)
“Sho'rtan” bu tur o'z maydonida “QMU Jayxun”ni qabul qilib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsda g'uzorliklar darvozaboni Shohruh Eshbo'taev bir qator vaziyatlarda o'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatib, darvozasini bir nechta gollardan saqladi va tur darvozaboni nomiga loyiq deb topildi.

Tur goli - Bobur Farhodov (“FarDU”)
“FarDU” hujumchisi Bobur Farhodovning "Olimpik MobiUz"ga urgan golini millionlab odamlar tomosha qilishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dastlab boshi bilan darvozaga zarba bergan Bobur yotgan holda oyog'i bilan "chayon zarba"si orqali gol urdi. Klubning instagramida ushbu gol 3 milliondan ziyod ko'rildi. Rossiya va jahonning mashhur pabliklari ham Farhodovning golini o'z sahifalariga joylashdi. Shu tariqa, ushbu gol hech shubhasiz turdagi eng chiroylisi nomiga loyiq ko'rildi.




