Milliy terma jamoaning Muborakdagi muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
11 avg 2015, 10:43
O'zbekiston futbol federatsiyasi, Terma jamoalar markazi va viloyat futbol federatsiyalari hamkorligida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari uchun chiptalar sotuvi bo'ladi.

2015 yilning 3 sentyabr kuni "Paxtakor" markaziy o'yingohida O'zbekiston - Yaman milliy terma jamoalari o'rtasida Jahon chempionati-2018 saralash o'yini bo'lib o'tadi. Hozirgi kunda terma jamoa markazi o'yinga chiptalar chiqarish bo'yicha ish olib bormoqda.  

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu bo'lib o'tadigan uchrashuvga viloyatlardan keladigan futbol ishqibozlari bo'lsa,  har bir viloyat futbol federatsiyasi o'yinga kirish uchun nechta chipta kerakligi to'g'risida yilning 19 avgustiga qadar terma jamoalar markaziga xat bilan murojaat qilishingizni so'raydi.  

O'zbekiston - Yaman uchrashuvi chipta narxi 13000 so'mni tashkil qiladi.  

Bu o'yinni bevosita stadiondan ko'rishni istagan Milliy terma jamoamizning muboraklik muxlislari bevosita "Mashal" klubi bilan hamkorlikda chiptalarni muammosiz xarid qilishadi.  Buning uchun siz "Mashal" muxlislar fan-klubi raisi va yetakchisiga  murojat etishingiz mumkin.  Endi siz chiptani shu erning o'zida xarid qilib, uchrashuvni poytaxtda bevosita stadiondan tomosha qilasiz. Chipta olish istagida bo'lgan muxlislar 19 avgustga qadar quyida ko'rsatilgan raqamga murojaat eting.  

Odil Aymamatov (+99891 262 90 82)
Shuhrat Safarov (+99894 527 98 52)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz