

Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jaloliddin Mashripov ko'rinish berdi, ammo jarayonda ishtirok etmadi. Shuningdek, Abbos Fayzullayev va Oston O'runov ham mashg'ulotlarda qatnashmadi. Ular tiklanish mashqlarini ertaga o'tkazishlari kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, bugun "Jar"da yig'ilgan futbolchilarning 5-6 nafari engil mashg'ulotlarda qatnashgan va mehmonxonaga ertaroq qaytgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasidagi 4-tur uchrashuvini Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 15 oktyabr kuni 19:00 da boshlanadi.



