O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 noyabr, yakshanba kuni Toshkentdagi JAR stadionida o'zining navbatdagi yig'inini boshladi. Takidlash joiz, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig'inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan.
Ma'lumot o'rnida, Sanjar Tursunov (Gazovik) va Bahodir Nasimov (Neftchi) Toshkentdagi yig'inga 11 noyabr kuni kelib qo'shilishsa, Odil Ahmedov 12 noyabr kuni ertalab milliy terma safiga kelib qo'shiladi. Janubiy Koreyaning Seongnam klubi sharafini himoya qilayotgan milliy terma jamoa sardori Server Jeparov terma jamoa safiga Vetnamda qo'shiladi. Milliy terma jamoa delegaciyasi esa 12 noyabr, seshanba kuni kechasi Vetnamga uchib ketadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi, 19 noyabr kuni esa safarda Gonkongga qarshi OK-2015 saralashi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari ayni damda saralashning E guruhida 4 ochko bilan 2 o'rinda borayotgan bo'lsa, uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.