Millatlar Ligasidan o'rin olgan yana bir bahs bekor qilindi

Eldor Akmurzayev
17 noya 2020, 19:20
Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) 17 noyabr kuni Lyucernda o'tishi kerak bo'lgan Shveytsariya - Ukraina bahsi bekor qilinganini e'lon qildi.

Mehmonlar safida koronavirus bilan kasallanganlarning ortishi tufayli Shveytsariya hukumati Ukraina terma jamoasini karantinga olish haqida qaror chiqardi.

Avvalroq, Norvegiya Sog'liqni Saqlash vazirligi korononavirus xavfi tufayli mamlakat termasiga Millatlar Ligasi doirasida o'tishi rejalashtirilgan Ruminiya (15 noyabr) va Avstriyaga (18) qarshi bahslarga borishiga ruxsat bermagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru