Millatlar ligasi. Fransiya TJ chempionlikni himoya qilishdan mahrum bo'ldi va quyi divizionga tushib ketish xavfi ostida

Eldor Akmurzayev
14 iyun 2022, 09:30
Millatlar Ligasi 4-turida Fransiya TJ uyda Xorvatiyaga minimal (0:1) hisobda imkoniyatni boy berdi.

Francuzlar o'z guruhida 2 ochko bilan autsayder bo'lib turibdi. Peshqadam Daniya bilan oradagi farq esa 7 ochkoni tashkil etmoqda. Shu tariqa, musobaqaning amaldagi g'olibi pley-offga chiqishdan mahrum bo'lib ulgurdi.

Shuningdek, Dide Desham shogirdlari “B” divizioniga tushib ketish xavfi ostida turishibdi. 3-o'rindagi Avstriya bilan oradagi farq 2 ballga teng.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia