

Bu ma'lumotni UEFA ham tasdiqladi.
Uchrashuvlar Rottyerdam va Ensxede shaharlarida bo'lib o'tadi. Mamlakat ilk bor Millatlar Ligasining final qismi mezboni bo'ladi. Unda Niderlandiya, Italiya, Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari ishtirok etadi.
Yarim final o'yinlari 2023 yilning 14 va 15 iyun kunlari bo'lib o'tadi, uchinchi o'rin uchun o'yin va final esa 2023 yilning 18 iyuniga belgilangan.
Yarim final juftliklariga qur'a tashlash marosimi 2023 yilning yanvar oyida Non shahrida o'tkaziladi. Aniq sanasi va vaqti keyinroq ma'lum qilinadi.



