Milinkovich-Savichning shartnoma holati diqqat bilan kuzatilmoqda

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022, 13:10
Italiyaning bir qator top-klublari "Lacio" a'zosi Sergey Milinkovich-Savichni jiddiy kuzatuvga olgan.

Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli yarim himoyachining "Lacio" bilan shartnomasi so'nggi 18 oyligiga yaqinlashib qoldi. 

Shu tufayli Italiya gigantlari uning bitimi bo'yicha vaziyatni o'rganib chiqishyapti. U hozirgi jamoasining eng muhim o'yinchilaridan biri bo'libgina qolmay, ushbu mavsumda A Seriyaning 8 ta o'yinida xuddi shuncha samaradorlik (3+5) ko'rsatdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport