Milik nega "Marsel"ga o'tganini aytdi

Alisher
27 yanv 2021
Polshalik forvard Arkadiush Milik "Napoli"dan "Marsel"ga o'tganiga izoh berdi.

"Marsel" futbolchisiga aylanishdan juda ham mamnunman. Men bilan murabbiy shartnoma imzolashni xohladi, shuningdek sport direktori ham qiziqish bildirdi.

Suhbatdan so'ng ularning haqiqatdan ham yangi hujumchiga qiziqish bildirayotganlarini tushundim. Shu sabab shu erdaman", - deydi 26 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Arkadiush Milik Fransiya jamoasiga joriy mavsumning so'nggiga qadar ijara asosida o'tdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/arekmilik9