Milik "Napoli"dan ketadi

Alisher
1 avg 2020, 13:57
Arkadiush Milik transferlar oynasida klubini o'zgartiradi.

Xabarlarga ko'ra, yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar oldinga siljimadi, natijada polshalik futbolchi "Napoli"ni tark etadi.

"Yuventus" Milikni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Turinliklar "Napoli"ga forvard uchun ma'lum bir miqdordagi mablag' va Bernardeskini qo'shib berishlari mumkin.

26 yoshli futbolchining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Arkadiush joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com