“Milan”ning mag'lubiyatsiz seriyasi 24 o'yinga etdi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2020, 19:45
Biroz oldin, Italiya chempionati 6-turidan o'rin olgan “Udineze” – “Milan” uchrashuvi yakunlandi va unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

“Rossonerilar” barcha musobaqalarda mana 24 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda: 18 g'alaba va 6 durang.

Stefano Pioli shogirdlari so'nggi bor mart oyida “Jenoa”ga (2:1) yutqazgandi.

Eslatib o'tamiz, “Milan” Italiya chempionati joriy mavsumida 16 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia