"Milan"ni "Real"ning sobiq ustozi boshqarishi mumkin

Оқил Абдубарноев
9 fev 2024, 00:24
2023/2024 yilgi mavsum oxirida "Milan" murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berishicha, “rossonerilar” Xulen Lopetegiga jiddiy e'tibor qarashmoqda. 

Qayd etilishicha, "Milan" rahbarlari Lopetegini metodologiyasi, mahorati va yosh va muvaffaqiyatli loyihani ishlab chiqish qobiliyati uchun yuqori baholaydi. 57 yoshli mutaxassis "Vulverxempton"dan ketganidan keyin avgust oyidan beri ishsiz hisoblanadi. 

Avvalroq ushbu murabbiy “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasida ham ishlagan. Ayni damda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto