"Milan"ga "Tottenxem" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
18 avg 2019
"Milan" "Tottenxem" himoyachisi Serj Orening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar futbolchini 1 mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olishmoqchi. Oldinroq tomonlar futbolchini bir yo'la sotib olish borasida muzokaralar o'tkazishgandi.

26 yoshli ivuarlik futbolchiga "Vest Xem" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Orening transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda u 17 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, 3 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia