"Milan" "Zenit" futbolchisiga qiziqib qoldi

6 avg 2020, 00:39
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Vilmar Barrios faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Primertiempo.co nashri xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga "Milan" rahbariyati qiziqib qolgan. "Rossonerilar" vakillari tez orada kolumbiyalik xavbekning agentlari bilan muzokaralar stoliga o'tirishi kutilmoqda.

Avvalroq "Milan" Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Aleksey Miranchukni xarid qilishi to'g'risidagi xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Primertiempo.co