"Milan" yulduz futbolchisini sotmaydi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 21:05
Milan klubi hujumchi Rafael Leauni sotish niyatida emas.

Bu haqda klub texnik direktori Paolo Maldini aytib o'tdi.

"Leau hali ham olmos. U yildan yilga kuchaymoqda. Biz uni sotmaymiz. Leauni "Lill"dan 24 million evroga sotib oldik va darhol 150 millionlik tovon puli belgiladik, chunki biz unga ishonardik", – dedi u.

Eslatib o'tamiz, Leau 2019 yilda "Milan" futbolchisiga aylangan edi.

Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumda  42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia