

"Rossoneri" portugaliyalikka shartnomani uzaytirishni taklif qildi. Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchiga yiliga 7 million evro taklif qilinmoqda.
Vinger "Milan"da qolishni istamoqda. Uning vakillari so'nggi kunlarda klub bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Bundan tashqari, Italiya chempionlari hujumchi Olive Jiru va yarim himoyachi Ismael Bennaser bilan shartnomani yangilashga e'tibor qaratmoqda.



