"Milan" "Volfsburg" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
22 avg 2022
"Milan" "Volfsburg" yarim himoyachisi Aster Vranksga qiziqmoqda.

Italyan klubi 19 yoshli belgiyalikka shu yozda "Barselona"ga o'tgan Frank Kessening ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda.

"Milan" shuningdek "Bordo"dan Jan Onananing nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Vranks o'tgan mavsum "Volfsburg" tarkibida 28ta o'yinda 2ta gol urdi. Transfermarkt futbolchini 10 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport