"Milan" vengriyalik futbolchining tovon pulini to'lamoqchi

11 noya 2020, 22:36
Italiyaning "Milan" klubi "Red Bull Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslaining xizmatlariga qiziqib qolgan.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati 20 yoshli futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli (25 million evro)ni to'lashga tayyor. Soboslai 2021 yilning iyunida Milanga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Oldinroq unga "Arsenal" da'vogarlik qilayotgani haqida xabar bergan edik. "To'pchilar" Vengriya terma jamoasi a'zosiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport