Milan ukrainalik futbolchini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2017
Milan Shalke yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankani o'z safida ko'rmoqchi.

Italiya klubi 27 yoshli futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokarani o'tkazishdi. 

Oldinroq, Shalke rahbariyati Konoplyankaning klub sobiq ustozi Markus Vayncirl haqidagi gaplaridan so'ng futbolchini transferga qo'ygandi.

Ukrainalik futbolchiga Slaviya va Everton kabi klublar ham qiziqishmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Tuttomercatoweb.com