"Milan" Tomorini xarid qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
2 mar 2021, 12:08
"Milan" jamoada ijara asosida o'ynayotgan "Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomorini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

"Milan" yaqin vaqtlarda 23 yoshli himoyachining to'laqonli transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ijara shartnomasida Italiya klubi o'yinchini 28 million evroga xarid qilishi mumkinligi borasida band bor.

"Rossonerilar" safiga yanvarda o'tgan Tomori jamoa safida 8ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Fikayoning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, u London klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia