"Milan" Teo bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
11 fev 2022
"Milan" o'z rasmiy sahifasida himoyachi Teo Ernandes bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

24 yoshli futbolchi "rossoneri" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Ushbu mavsumda Teo "Milan" tarkibida 27 o'yinda qatnashib, 4 gol va 8 assist qayd etdi.

U "Milan" uchun 108 o'yin o'tkazdi. Himoyachining hisobida 19 gol va 21 assist bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan