Milan Shkrinyar: "Konte keldi, skudetto uchun kurashmoqchimiz"

8 iyun 2019, 22:45
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar murabbiylarni qayta tashkil qilish haqida fikr bildirdi.

"Spaletti – yaxshi inson va murabbiy, lekin klub qaror qilib bo'ldi. Endi Konte keldi, yangi natijalar uchun tahminlar paydo bo'lmoqda. Biz skudetto uchun kurashmoqchimiz. Godinning kelishi jamoani yanada kuchli qiladi. Bu eng asosiysi. Mavsum qoniqarli deya baholandi. Chunki Chempionlar ligasiga yo'l oldik. Lekin, bundan ham yuqori natijaga erishish mumkin", - deya Shkrinyar izoh berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net