"Milan" Rafael Leau bilan shartnomani uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2021
Hujumchi va klub o'zaro kelishuvga erishgan.

"Milan" klubi o'z hujumchisi Rafael Leau bilan yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchining agenti Jorje Mendesh "Milan" rahbariyati bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo'lishdi. Bitim 2026 yilning yozigacha amal qiladi va futbolchining maoshi yiliga 4 mln evro atrofida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz Rafael Leauning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italia