Milan Pyaca uchun kurashda Yuventusni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2016, 15:31
Zagrebning Dinamo va Xorvatiya terma jamoasi a'zosi Marko Pyaca Milanga o'tishga yaqin.

Rossonerlar vice-prezidenti Adriano Galliani kuni kecha Zagrebga keldi va Xorvatiya klubi prezidenti hamda futbolchining agenti bilan uchrashdi.

Hozircha transfer rasman amalga oshgani yo'q, lekin barchasi tugay deb qoldi.

Dushanba kuni Yuventus 21 yoshli futbolchi uchun 18 million evro taklif qilgandi, biroq Milan 22-23 million taklif qilib futbolchini ilib ketdi.

Turinliklar keyinroq taklifni oshirishdi, biroq Pyacaning o'zi Milanga o'tishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Gianlucadimarzio.com