
Klub rahbari murabbiyni tushlikka taklif etdi. Berluskoni tamaddi davomida gollandiyalik sobiq futbolchi bilan jamoaning bugungi kundagi holati va uning kelajagi, hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar haqida gaplashib olmoqchi. Shuningdek ertaga bo'lib o'tadigan "Atletiko"ga qarshi o'yinga "Milan" qanchalik tayyor ekani haqida so'rab olmoqchi.