

Ularning shartnomalari 2024 yilgacha uzaytiriladi. Murabbiy bilan yangi shartnoma Qatardagi jahon chempionati vaqtida, Jiru bilan mundialdan keyin imzolanadi.
Pioli klubda 2019 yilning oktyabr oyidan beri ishlamoqda. Uning qo'l ostida "Milan" avvaliga Italiyaning top-klublari orasiga qaytdi, so'ngra o'tgan mavsumda, 2021 yil yozida Jiru kelganidan so'ng Italiya chempioni bo'ldi.
"Milan" joriy mavsum 11 turdan keyin "Napoli"dan "Napoli"dan 3 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda boryapti.



