"Milan" Paketani transferga qo'yadi

Alisher
3 avg 2020
"Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa mavsumlar oralig'ida klubdan kyetishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi transferga qo'yilishi mumkin. O'yinchi Stefano Pioli jamoasiga mos kelmayapti.

Paketa "Milan" tarkibida so'nggi 6ta o'yinda atigi 11 daqiqa maydonga harakat qildi. Xavbek umumiy olganda mavsumda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Milanliklar Paketaning transferidan 21,5 million evro ishlab olishmoqchi. Ammo, hozircha futbolchiga davogar klublar topilmayapti.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato