"Milan" Obameyyang uchun 60 mln. evro taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 13:14
"Milan" hujumchi Per-Emerik Obameyyangning transferi borasida Dortmundning "Borussiya" klubi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Rossonerlar nemislarga gabonlik futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qilishdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Borussiya" o'z futbolchisini kamida 70 mln. evroga sotmoqchi. Oldinroq "Milan" Obameyyangni A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi ekanligi ma'lum qilingan edi.

So'nggi mavsum Obameyyang 31 ta gol urib, Bundesliganing eng yaxshi to'purariga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport