“Milan” Nyangni ijaraga berdi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2017
“Uotford” jamoasi “Milan” hujumchisi M’Baye Nyangni ijaraga olganligini ma'lum qildi.

Mavsum yakunida inglizlar 22 yoshli fransiyalik hujumchini sotib olishlari mumkin.

Nyangning ijarasi “Uotford”ga 750 ming evroga tushdi. Agar hujumchi APL bahslarida 10 ta gol urishning uddasidan chiqsa, “Uotford” uni 18 millionga sotib olishi mumkin.

Joriy mavsumda Nyang A seriyada 18 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, uchta golga assistentlik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru