Milan muxlislari Donnarummaga: Tur yo'qol, axlatning bo'lagi!

Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 08:44
Milan muxlislari Italiya Kubogi 1/8 finalida Veronaga qarshi o'yindan oldin va o'yin paytida Janluiji Donnarummaga atalgan bannerni ko'tarishdi.

Mashg'ulotlar vaqtida muxlislar darvozabonga qarab shunday hayqirishdi: Yo'qol, axlatning bo'lagi!

Xafa bo'lgan posbonni himoyachi Leonardo Bonuchchi qo'llab quvvatladi. Bu vaziyat Rai 1 telekanalining translyatsiyasida ham ko'rindi.

Bundan tashqari uchrashuv paytida Milan fan-sektorida shunday banner ko'tarildi: Manaviy erga urish – bu yiliga 6 million evro maosh va umuman foydasiz bo'lgan aka bilan shartnoma tuzishmi? Sabrimiz tugadi, yo'qol!

Eslatib o'tamiz, Milan o'tgan yozda Donnarummaning maoshini ko'targan va uning akasi Antonio bilan shartnoma tuzgandi. Shu orqali klub posbonni o'z safida olib qolgandi.

Oldinroq uning agenti Mino Rayola Milandan Donnarummaning o'sha shartnomasini manaviy erga urish tufayli bekor qilishlarini so'ramoqda.

Klub 18 yoshli posbonni 70 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport