"Milan" Leauni sotishga qaror qildi va o'yinchining narxini ma'lum qildi

Alisher
12 iyun 2021, 15:07
Portugaliyalik forvard Rafael Leau "Milan"dan ketishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, italyan klubi rahbariyati 22 yoshli futbolchining sotuvidan 25-30 mln evro ishlab olmoqchi. Leauga shuningdek "Marsel", "Everton" va "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda.

Forvard o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Rafaelning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira